Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Qo‘shrabot tumani hokimiga hayfsan berildi

Qo‘shrabot tumani hokimiga hayfsan berildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi. 

Internet tarmog‘ida Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilganligi yuzasidan audio yozuv e’lon qilindi. Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi.

Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Dilshod Shakarboyev tumanni 2022-yil 15-iyundan boshqarib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring