Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashdi

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Toshkentda 21 nafar va Navoiyda 14 nafar, jami 37 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu tariqa Qoraqalpog‘istonda jami kasallik qayd etilganlar soni 138 nafar bo‘lib, endilikda shundan 136 nafari tuzaldi. Ayni paytda bu xududda davolanayotganlar soni 2 nafarni tashkil etib, koronavirusdan xoli bo‘lishga yaqin turibdi.

Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2713 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1875 nafari sog‘aydi.

Ayni paytda poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 827 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda.

Navoiyda esa shu paytgacha 260 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 181 nafarga yetdi. Shu kunlarda navoiylik shifokorlar 79 nafar bemor hayoti uchun uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirgi soatgacha mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3874 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring