Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘qon etnosport chellenj — 2022» respublika festivali o‘tkaziladi

«Qo‘qon etnosport chellenj — 2022» respublika festivali o‘tkaziladi

11 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida «Qo‘qon etnosport chellenj — 2022» respublika festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Festival dasturidan bir-biridan qiziqarli milliy xalq o‘yinlari hamda sirk tomoshalari o‘rin olgan. Tadbir ishtirokchilar hamda mehmonlarga unutilmas taassurotlarni hadya etishi shubhasiz.

Festivalga tashrif buyuring va takrorlanmas lahzalarga guvoh bo‘ling.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring