Qo‘lma-qo‘l bo‘lgan «ISUZU» ikki yil deganda topildi-ya...
«ISUZU» rusumli transport vositasi ikki yil avval Sh. Xoliqovaga olib berilishi kerak edi. Chunki, jinoyat ishilari bo‘yicha Namangan viloyati sudining hukmi shunday deyilgan...
Biroq ijroga kelganda ishga tushov tushsami?! Nega desangiz, mashina qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan ekan: bir fuqaro uni boshqasi sotgan, boshqasi yana birovga... Savdolar og‘zaki kelishuv asosida bo‘lib, rasmiylashtirishga kelganda hujjatlar tagidan «loy» chiqib kelavergach, «ISUZU»ni berkitib masalaga yechim topishmoqchi bo‘lgan go‘yo...
Nihoyat, transport vositasi Mingbuloq tumanidan topildi! Uning oxirgi «egasi» dod dedi-voy dedi, biroq, na chora: «ISUZU» sud hujjatida nomi zikr etilgan fuqaroga berilishi kerak.
Shunday bo‘ldi ham. Mashina Sh. Xoliqova tilxat asosida topshirildi. Bu yog‘iga uni rasmiylashtirish qoldi, xolos.
MIBchilar esa ikki yildan beri «ezib kelgan» ijro ishi tamomlanganidan yengil tin olib, boshdan oshib yotgan yumushlarining navbatdagisiga yuzlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter