Daraxt ko‘chatlari ortilgan yuk avtomashinasi ag‘darilib ketdi (video)
«Qamchiq» dovonida daraxt ko‘chatlari bilan harakatlangan yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun — 12-mart kuni erta tongda «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 279-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatiga daraxt ko‘chatlarini ortib harakatlangan «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Haydovchi jiddiy jarohat olmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk avtomashina o‘nglashga yordam ko‘rsatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter