Uy hayvoni ishtirokida YTHda Isuzu yonib ketdi
2021-yil 26-sentyabr kuni soat 09:00 larda 4r-48a yo‘lining 27 km.da, Chelak-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtomobil yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan molni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan Isuzu rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH oqibatida Isuzu mashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida jarohat olgan Nexia mashinasi ichidagi fuqarolar Chelak shahar shifoxonasiga murojaat qilishgan.
Holat yuzasidan tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter