Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziltepa DXM yangi binoda ish boshladi (foto)

Qiziltepa DXM yangi binoda ish boshladi (foto)

Foto: DXA Navoiy viloyati boshqarmasi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi. Bu haqda markazning Navoiy viloyati boshqarmasi xabar bergan. 

Markaz uchun turar joy binosining birinchi qavati tanlangan. 

DXM ichkarisidagi interer yechimi xizmat oluvchilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Xodimlar bir vaktning o‘zida 22 ta xizmat ko‘rsatish oynasida murojaat qabul qiladilar. Resepshn, aholiga davlat xizmatini olish uchun elektron navbat yo‘lga qo‘yilgan. Navbat ro‘yxatini namoyish etadigan 7 ta monitor ishlab turibdi. Ota-onalar davlat xizmatini olguncha farzandlarini bolalar maydonchasida qoldira oladilar.

Shuningdek, binoda fuqarolar uchun kutish zali, kafeteriy, vaqtni besamar o‘tkazmaslik maqsadida mutolaa uchun kitob javoni ham tashkil etilgan. Markazning o‘zida xizmatlarga to‘lov qilish uchun bank kassasi ishlab turibdi. Xullas, yana bir davlat xizmatlari markazi xalq ixtiyorida.

Qiziltepa tumanida 152 mingdan ortiq aholi mavjud. Ayni markaz  fuqarolar va tadbirkorlarning davlat xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini oqlashi bor gap. Ma’lumot o‘rnida aytsak, 2019-yilda tuman davlat xizmatlari markaziga 60 mingga yaqin fuqaro davlat xizmatiga ehtiyoj sezgan bo‘lsa, 2 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida esa aholiga xizmat ko‘rsatish soni 27 mingtadan ortdi, 1000 ga yaqin tadbirkorlar yangi biznes ob’yektini ochdi.  Pandemiya davri bo‘lishiga qaramay ayni kunda ham 150-200 nafarga yaqin fuqaro markaz xizmatidan foydalanadi. 

Markaz binosida xalq, bosh vazir qabulxonalari, adliya, savdo sanoat palatasi va bir qator tashkilotlar ham ish boshladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring