Samarqandda DXM xodimi qo‘lga tushdi
Samarqandda davlat xizmatlari markazi (DXM) xodimi qo‘lga tushdi.
«Xabar.uz»ning viloyat IIBdagi manbasi voqelik Pastdarg‘om tumanida ro‘y berganini aytmoqda. Ya’nikim, mazkur tuman DXM xodimi I.M. bir fuqarodan muqaddam sudlanganlik holatini elektron huquqiy statistika bazasidan yo‘q qilib berishlik evaziga xizmat xonasida 200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan firibgarlik alomati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter