Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi
Yog‘ib o‘tgan qordan so‘ng O‘zbekiston hududining katta qismida qor qoplami hosil bo‘ldi. Bugun ertalab havo harorati 8-13 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15 daraja sovuqqacha, eng chekka janubda 4-6 daraja sovuqqacha pasaydi.
Bugun kunduzi respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda va janubda ba’zi joylarda 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo 19-dekabr kuniga qadar saqlanib turadi. Faqat 19-dekabr chorshanba kuni Qoraqalpog‘ston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Respublika hududi bo‘yicha harorat 17-dekabr kuni kechasi 8-13 daraja sovuq bo‘lishi saqlanib turadi, kunduz kuni esa havo harorati ko‘tarila boshlaydi. 19-dekabrga kelib, harorat kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 5-7 daraja iliqqacha, janubda ba’zi joylarda 10 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
20-dekabr — juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunduz kungi harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
18-20-dekabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtimizda: 16-19-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqdan 5-7 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
20-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter