Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatag‘on qurbonlari merosi o‘rganiladi

Qatag‘on qurbonlari merosi o‘rganiladi

Prezident tomonidan 8-oktyabr kuni «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyish imzolandi.

Hujjatda ushbu yo‘nalishda qanday chora-tadbirlar qabul qilinganligi qayd etildi:

  • 2001-yildan buyon har yili 31-avgust Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda;
  • «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi barpo etildi;
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda;
  • badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.
  • quyidagilar tashkil etildi:
    • «Shahidlar xotirasi» jamoat fondi;
    • Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida uning bo‘limlari;
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda;
  • badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.

Ko‘p millatli xalqimizning fidoyi farzandlari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyati bilan bog‘liq haqiqatni to‘la yuzaga chiqarish, ularga nisbatan tarixiy adolatni tiklash, bu boradagi ishlarning ko‘lami va samarasini oshirish maqsadida qatag‘on qurbonlari merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirish haqidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Mazkur yo‘nalishda ishlarni tashkil etish uchun Respublika ishchi guruhi tashkil etildi va uning vazifalari belgilandi.

Shuningdek, hujjat bilan qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasiga:

  • Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari qayd etiladigan ramziy kitobni yaratish;
  • Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi bo‘limlarining va «Shahidlar xotirasi» jamoat fondining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • fondning homiylar guruhi tarkibini yangilash va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;
  • xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilishi topshirildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring