Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatag‘onga uchragan 2,4 mln qozog‘istonlikning arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi

Qatag‘onga uchragan 2,4 mln qozog‘istonlikning arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi

Qozog‘istonda 2,4 milliondan ortiq siyosiy qatag‘on qurbonlarining arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Qozog‘istonda 1929-1956-yillarda siyosiy qatag‘onga uchragan kishilarga oid 2,4 milliondan ortiq arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi. Maxsus surgunda bo‘lganlarning 251 ming «ish»i prezident arxiviga topshirilgan, ular manfaatdor shaxslarga taqdim etiladi. Yil oxiriga qadar shu tartibda 265 ming «ish» maxfiylikdan chiqariladi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan 311 ming kishi esa reabilitatsiya qilindi», – deyiladi Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabarida.

Qozog‘iston prezidenti 2020-yil 24-noyabrda siyosiy qatag‘on qurbonlarini to‘liq reabilitatsiya qilish bo‘yicha davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

2023-yilning yanvarida esa Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Erlan Karin To‘qayevga siyosiy qatag‘on qurbonlari tarixiga oid 31 jildlik hujjat va materiallarni taqdim etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring