So‘kong‘ich hokimning «ishi»ni prokuratura o‘rganmoqda
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs dalada ruxsatsiz makkajo‘xori terayotgan bobo va nevaralarini ushlab, haqorat qilgan holda o‘g‘rilikda ayblaganligi videosi tarqalgandi.
Mazkur holat Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hududida sodir bo‘lganligi, ushbu videoyozuv kadr ortidagi shaxs Mirishkor tumani hokimi ekanligi aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lumot berishicha, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter