Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda uch yil deganda iste’molchining 462 million so‘m mablag‘i qaytarib berildi

Qashqadaryoda uch yil deganda iste’molchining 462 million so‘m mablag‘i qaytarib berildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo birlashmasiga Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov tomonidan yozma murojaat qelib tushgan.

K.Eshqobilov 2017-yil 12-iyunda «Shovot maxsus bino qurilish» MChJ ga jami 3 ta xonadon sotib olish uchun murojaat qiladi. Fuqaro va korxona o‘rtasida oldi- sotti shartnoma tuzilib, shartnomaning 2.2 bandiga asosan belgilangan 420 000 000 ( to‘rt yuz yigirma million so‘m) summaning 25 % ni 10 ish kunida bankka to‘lagan. Qolgan qismini esa 2018-2019-yillar mobaynida turli bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiradi. Qarshi shahar hokimining 02.02.2019 yilgi qaroriga asosan ushbu ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan bo‘lsada,biroq, bank tomonidan kridet kafolati asosida fuqaroning uyi ham garov ta’qiqqa uchragan va fuqaro uysiz qolganligi ta’kidlangan.

Murojaat bo‘yicha sudga ariza kiritdi va sud qaroriga asosan fuqaroga «Shovot maxsus bino qurilish» MChJ tomonidan 420 million so‘m mablag‘ va jarima sifatida yana 42 million so‘m iste’molchi foydasiga undirib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring