Qanot Sharq ilk parvozini Samarqand-Moskva yo‘nalishida boshladi

Samarqand xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining Samarqand-Moskva-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilgan birinchi qatnoviga xizmat ko‘rsatilgan.
Transport vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, bahor-yoz mavsumi rejasi doirasida aviakompaniya Toshkentdan Samarqand orqali Moskva (Vnukova) va Sankt-Peterburg shaharlariga aviaqatnovlarini bajaradi.
Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga parvozlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da amalga oshiriladi. Toshkentga parvozlar juma kunlari soat 00:45 da bajariladi.
Samarqand shahridan xalqaro yo‘nalishlarda yangi qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarda ham qo‘shimcha qatnovlar tashkil etilgan.
Shuningdek, yaqin orada aviakompaniya tomonidan Toshkent-Buxoro, Toshkent-Farg‘ona, Toshkent-Namangan kabi mahalliy yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter