Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin yangi qonunni imzoladi. O‘zbekiston fuqarolariga 15 kun muddat beriladi

Putin yangi qonunni imzoladi. O‘zbekiston fuqarolariga 15 kun muddat beriladi

Endilikda Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari o‘zaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

2021-yil 17-iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi hukumatlararo Kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududiga kirgandan so‘ng 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasa, bu javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bitim ratifikatsiya qilinishiga qadar bu muddat o‘zbekistonliklar uchun 7 kun, rossiyaliklar uchun esa 3 kun edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring