Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Olmazor safari, Otamurodovning ketishi, o‘zgarayotgan alifbo va haftaning boshqa muhim xabarlari

Prezidentning Olmazor safari, Otamurodovning ketishi, o‘zgarayotgan alifbo va haftaning boshqa muhim xabarlari

Foto: «Xabar.uz»

19-26-may kunlari ham turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘ldi. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu haftada O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

24-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi va bir necha ob’yektlarga tashrif buyurdi. Prezident tashrif davomida Talabalar shaharchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun qurilayotgan yangi binoni borib ko‘rdi, tumanda amalga oshiriladigan ishlar loyihalarini ko‘zdan kechirdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek:Prezident talabaga «Kobalt» avtomobili sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Texnika universiteti talabasi loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Sarvar Otamurodov «Milliy tiklanish» partiyasidan ketdi

Sarvar Otamurodov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «Milliy tiklanish» partiyasi rahbarligidan ketgan.

Qayd etilishicha, Sarvar Otamurodov «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi rahbari etib tayinlangan.

Tavsiya qilamiz

Prezident orzusidagi shahar. Mo‘ynoq, qumga aylangan Orol va ortga qaytgan oqqushlar (foto)

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbirining Qoraqalpog‘iston, xususan Orolga safari taassurotlari va ajoyib suratlar. 

Iztirob iskanjasida... (voqea Ohangaron, Olmaliq, Piskent tumanlarida sodir bo‘lgan)

Shayxga nega oliy jazo so‘ralmoqda?

Yangi alifbo loyihasi, xususan C harfi haqida

Bizga ham «Mitxun»lar kerak!

Ushbu haftada ko‘p muhokamaga sabab bo‘latgan mavzular

Yonayotgan avtomobilmi yo odamlarning rizqi?

Kunduz kunlari chiroq yoqib yurishga avtomobillarning texnik imkoniyati talabga javob bermasligini bila turib, qoidaga bo‘ysunmagan haydovchiga «otning kallasidek» jarima belgilash qanchalik to‘g‘ri?

O‘zbekistonda bir necha million avtomobil haydovchisi bo‘lsa, ularning katta qismi bu yangiliklarni quchoq ochib qarshi olmagan. Bu — ana shuncha odamda bugungi siyosat va o‘zgarishlarga norozilik va ishonchsizlik paydo bo‘lishiga turtki berdi, degani emasmi?

Chustdagi «tomosha». Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ogohlantiradi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer dalasidan buloq chiqqani va uning suvi shifobaxshligi haqida tarqalgan shov-shuvli xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyat DSENM mutaxassislari tomonidan 2019-yilning 22-may kuni Chust tumanidagi «Tomchi zamin» fermer xo‘jaligidagi artezian quduq suvidan laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalari olingan. Qayd etilishicha, bunday suv aholi uchun ichimlik suvi sifatida iste’molga berilishi va ishlatilishi mumkin emas. Hozirda bakteriologik tahlillar davom ettirilmoqda.

Xorij

Ko‘z yoshlari ila: Tereza Mey iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bugun iste’foga chiqishi xususida ma’lum qildi.

Reutersning yozishicha, qarorni ommaga aytayotgan bosh vazirning ko‘zlariga yosh qalqqan.

Mey 7-iyunda lavozimini tark etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring