Ushbu haftada issiq kuchayadi — Gidrometeorologiya xizmati
Yangi haftada O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda? Gidrometeorologiya xizmati ma’lumoti e’lon qilindi.
Bugundan boshlab mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° gacha atrofida bo‘ladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga ko‘p bo‘ladi. Biroq, bizning O‘rta Osiyo iqlimimiz uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter