Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? Rasmiy ma’lumot

Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? Rasmiy ma’lumot

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida ba’zi joylariga tuman tushadi. Havo harorati 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga respublikaning katta qismida 7-10 daraja iliq bo‘lgan harorat bilan quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi.

Front kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha biroz qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0-3 daraja iliqgacha pasayadi.

21-dekabrda sovuq antitsiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika shimolida kechasi harorat 9-11 daraja sovuqgacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.

22-23-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-dekabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. 21-22-dekabr kunlari yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring