Prezident xavfli bo‘lib qolgan Pop yo‘liga e’tibor qaratdi
Shavkat Mirziyoyev bir qator loyihalar taqdimoti bilan tanisharkan, Pop tumani bilan Namangan shahri o‘rtasidagi avtomobil yo‘lini kengaytirish masalasini ham ko‘rib chiqqan.
«Bu hududning relefini inobatga olib, yo‘lni haydovchilarga qulay qilib qurish, insonlar xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish zarur», deya ta’kidlagan davlat rahbari.
Ma’lumki, ushbu yo‘l vodiy va poytaxtni bog‘lashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tor qurib qo‘yilgan, faqat bir polosadan iborat xolos. Haydovchilar bir-birini quvib o‘tishda qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ko‘plab YTHlar sodir bo‘lgan. Ayniqsa, tungi vaqtlarda bu yo‘l yanada xavfli bo‘lib qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter