Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident virtual qabulxonasiga murojaatlar soni 2 milliondan oshdi

Prezident virtual qabulxonasiga murojaatlar soni 2 milliondan oshdi

Prezident virtual qabulxonasidan skrinshot

Prezident virtual qabulxonasi o‘tgan salkam ikki yil ichida aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Agar o‘tgan yilning 21-iyulida virtual qabulxonaga yuborilgan murojaatlar soni 1 millionga yetgan bo‘lsa, oradan 11 oy o‘tib, ular soni 2 milliondan oshdi.

Bu raqamlar shundan dalolatki, jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilishi natijasida xalqimizning undan foydalanish darajasi yuksalib bormoqda. Aholi esa yaratilgan imkoniyatlardan unumli va maqsadli foydalanib, o‘z muammolariga qulay mexanizm vositasida yechim topishmoqda, o‘rinli takliflari bilan jamiyatga naf keltirishmoqda.

E’tirof etish joiz, AKT tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi shiddatli davrda virtual qabulxona texnik jamoasi ham bir joyda to‘xtab turgani yo‘q. Yodingizda bo‘lsa, Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqilib, 2018-yilning 1-fevralida ishga tushirilgan edi.

Portalga kelayotgan murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etayotgani sabab, shu yilning 15-fevralida «Onlayn maslahat» moduli test rejimida yo‘lga qo‘yilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring