Prezident farmoni bilan qator xorijliklar taqdirlandi
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan bir qator xorijliklar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Ro‘yxat quyidagicha:
Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya Federatsiyasi «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti
Muxammad Abunayyan - Saudiya Arabistoni Podshohligi «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi
Muxammad Jamil Al-Ramaxiy - Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori
Jemil Kazanji - Turkiya Respublikasi «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi
Mexmet Jengiz - Turkiya Respublikasi «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi
Shandor Chani - Vengriya Respublikasining «OTP Bank» boshqaruvi raisi
Seyfollax Gasemi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Air Products» kompaniyasi boshqaruvi raisi
Peris Muratoglu - Fransiya Respublikasining «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter