Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» bo‘yicha tezkor reydlar o‘tkazilmoqda

«Prava» bo‘yicha tezkor reydlar o‘tkazilmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi   Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.A. yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro E.M.ga o‘qish va imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 700 AQSh dollari va 1,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.R. fuqaro S.A.ni tanishlari  yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi hamda imtihonlardan o‘tish jarayonida yengillik qilib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.A. fuqaro Sh.O.ga tanishlari yordamida «V.S» toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar  ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring