Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda taroveh namozlari payti ayrim ko‘chalar yopiladi

Poytaxtda taroveh namozlari payti ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

— Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.

Bektemir tumani bo‘yicha:

— Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

— Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.

— Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.

Mirobod tumani bo‘yicha:

— Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar — Quyliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

Sergeli tumani bo‘yicha:

— Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.

— No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

— Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.

— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.

— Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

Yangihayot tumani:

— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

— Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

Olmazor tumani bo‘yicha:

— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.

— Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon  chorrahasigacha.

— Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

— Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

— Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.

— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.

— Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring