Poytaxtda 135 nafar alimentchi qidiruvga berilgan - MIB Toshkent shahar boshqarmasi
Poytaxtda alimentdan qarzdorligi bo‘lgan 135 nafar shaxs qidiruvga berilgan, hozircha ulardan 14 nafarini topildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Majburiy ijro byurosi (MIB) Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonova ma’lum qildi. Qolgan qarzdorlarni qisqa vaqt topib, zimmasidagi majburiyatni ado etishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
Aytilishicha, MIB Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari ish yurituvida aliment undiruvi bilan bog‘liq 24 ming 224 ta aliment ijro hujjatlari mavjud. Taassufki, ularning teng yarmini aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay yoki ma’lum qismini to‘lab, shuningdek, majburiy ijro choralari qo‘llanilsagina harakatga keladigan qarzdorlar tashkil etadi.
Joriy yilning 17-noyabr kunidan boshlangan aliment undiruvlarini jadallashtirish tadbirlarini tahliliga ko‘ra, 9-dekabr sanasiga qadar hududiy bo‘limlar tomonidan 108 ta ajrimda bo‘lgan oilalar tiklanishiga hissa qo‘shildi. Shuningdek, vaqtincha ishsiz (yoki muqim ish joyiga ega bo‘lmagan) qarzdorlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Mehnat yarmarkalari tashkil qilinmoqda. Shu tariqa ularga ish taklif qilinib, majburiyani bajarishga ko‘maklashilmoqda ham.
Joriy yil dekabrining birinchi o‘n kunligigacha 735 nafar karzdordan jami 2 mlrd. 833 mln. so‘mdan ko‘proq aliment qarzdorliklari undirib berildi. Shundan 6 nafar alimentchi ota oldindan 5 yillik aliment pullarini oldindan naqd sanadi. Qolganlargayam insof bersin...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter