Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Popda 110 ta uy mehmonxonalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Popda 110 ta uy mehmonxonalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga qilgan tashriflari chog‘ida Pop tumanning Chodak qishlog‘ida 300 ta yangi uy mehmonxonalarini tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edilar. Hozirda mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Pop tumaning chodak qishlog‘i tog‘ yon bag‘rida joylashgani bois, tabiati so‘lim, salqin havosi har qanday mahalliy va xorijiy mehmonlarni o‘ziga rom etmay qolmaydi. Namangan turizm salohiyatiga munosib hissa qo‘shayotgan qishloqni yanada rivojlantirish, zamonaviy, har tomonlama qulay oilaviy dam olish maskanlarini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida Chodak qishlog‘ida 300 ta “Uy mehmonxonalari”ni tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dehqonchilik va chorvachilikda suyagi qotgan qishloq ahli mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘z uyida zarur sharoitlarni yaratib, aholini hordiq olishi uchun zamin yaratmoqda. Ulardan biri Muftaiddin Qalandarovdir. U uyidagi 3 nafar oila-a’zosini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish maqsadida uy mehmonxonasi ochdi. Hozirda bankdan imtiyozli kredit olib sohani yanada rivojlantirish niyatida. Darhaqiqat, uy mehmonxonalarini tashkil etishda Davlat xizmatlari agentligi ham aholiga yaqinda ko‘mak bermoqda. Pop tuman davlat xizmatlari markazining “Istiqlol” filialida o‘z faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga yaqindan ko‘mak bermoqda. Yil boshidan hozirga qadar 110 ta uy mehmonxonalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, yakka tartibda faoliyat boshlagan tadbirkorlarga ruxsatnoma berildi.

So‘ngi 4-5 yil ichida tadbirkorlikka qaratilgan e’tibor, ular uchun yaratilgan sharoitlarda oqilona foydalanayotgan yoshlardan biri Abbosxon Polvonovdir. U Pop tumanidagi tengdoshlarini ish bilan ta’minlashga hamda ularni daromadlarini oshirishga munosib hissa qo‘shib keladi. Fikrimizning yaqqol isboti sifatida Chodak qishlog‘ida erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechaklar tayyorlash korxonasiga asos soldi. U yerda 30 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi. Keyingi galdagi vazifasi esa, zamonaviy ko‘rinishdagi uy mehmonxonasini tashkil etish edi. Nihoyat niyatiga erishib, o‘zining yashash xonadonida dam oluvchilar uchun mehmonxona faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda 6 nafar yoshlarni bandligi ta’minladi.

Darhaqiqat, Chodak qishlog‘ida ish boshlagan 110 ta uy mehmonxonalarida 320 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Joriy yilning yakuniga qadar mehmonxonalar sonini 300 taga yetkazib, yana 700 ta yangi ish o‘rinlarni yaratish maqsad qilingan. Bu xayrli ishlarda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari ham chorakliklarni uzog‘ini yaqin, mushkulini oson, turmush darajasini esa farovon bo‘lishiga hissa qo‘shib, aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Vohidjon  Tolipov,
Pop tuman DXM direktori

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring