Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop hokimi o‘rinbosari axloq qoidalarini buzgani uchun jazolandi

Pop hokimi o‘rinbosari axloq qoidalarini buzgani uchun jazolandi

Bugun, 16 aprel kuni Namangan viloyati Pop tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Arslonovga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida hayfsan berilgan.

Tuman hokimi farmoyishiga ko‘ra, u «tuman hokimligining odob-ahloq qoidalariga va xizmat vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qat’iy rioya etmaganligi, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ladigan xolatga yo‘l qo‘yganligi» uchun jazolangan.

Gap shundaki, 2022 yil 9 aprel kuni Zafar Arslonovning hazil videosi tarqalib ketgan. Unda hokim o‘rinbosari videomurojaat qilib, avvaliga sayyor qabul bo‘lishini, keyinroq esa hamma gaplar «bir tiyin» ekanini, uning o‘rniga chips yeyishni aytgandi.

Ushbu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Hokimlik matbuot xizmatining aytishicha, mazkur video atayin montaj qilingan. Keyinroq Zafar Arslonovning o‘zi ham videomurojaat qilib, bu ishlar uyushtirilganini ta’kidlagan va uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring