Poligonda o‘tgan 10 kun — «temir» intizom kimlarga yoqdi? (foto)
Kecha, 10 mart kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida «Harbiy-vatanparvarlik sport lageri»ni dastlabki bosqich ishtirokchilari o‘z uylariga tantanali ravishda kuzatildi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.
Armiyadagi temir intizom ko‘pchilik yoshlarga ma’qul kelgan bo‘lsa, ba’zilarni kasb tanlash haqidagi fikrlarini o‘zgartirib yubordi. Ertalabki uyg‘onishdan tortib, uyqudan oldin kechki sayr hamda yo‘qlamagacha barchasi kun tartibidan o‘rin oldi.
Bundan tashqari, poligonda birinchi marta chavandozlar o‘rtasida ko‘pkari-uloq musobaqasi o‘tkazildi. Uyushmagan yoshlar TOZ-8 qurolidan 9 donadan o‘q otdi. «Men g‘olib» shiori ostida mini futbol, kurash, qo‘l jangi, tosh ko‘tarish hamda arqon tortish sport turlari bo‘yicha chempionat o‘tkazildi.
Oltinchi kuni 100 nafar fuqarodan shartnoma asosida, bir yillik hamda bir oylik xizmatga qolish haqida so‘rovnoma olindi. Unga ko‘ra, 87 nafar fuqaro harbiy xizmatchi bo‘lish haqidagi fikrini o‘zgartirmagan. Ulardan 12 nafari ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi hamda shaxsni psixologik sifatlarini o‘rganish bo‘yicha test sinovlaridan muvafaqiyatli o‘tib, imtiyozli ravishda shartnoma asosida xizmatga qabul qilinadigan bo‘ldi. Muddatli xizmatga 60 nafar, 15 yigit esa safarbarlik chaqiruvi rezerviga jo‘natish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter