PMTI ekspertlari O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini baholadi
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi uning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro raqobatbardoshligini baholash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.
Mutaxassislar aniqlangan qiyosiy ustunliklar asosida raqobatbardoshlikning savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va qayta ishlash sanoatining jahon bozorida eng raqobatbardosh turlarini aniqladilar.
Xalqaro raqobatbardoshlikni baholashning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichlaridan biri bu RCA (Revealed comparative advantage) indeksidir. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan meva va sabzavotlar va ularning qayta ishlangan mahsulotlarining RCA indeksini hisoblash uchun BMTning Savdo statistik ma’lumotlar bazasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Hisob-kitoblar 2015-2020-yillarda AQSh dollarida joriy narxlarda O‘zbekiston eksportining 07,08,20 guruhlari 4-raqamli TIF TN kodlari va butun dunyoda shu kabi eksport buyumlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarga asoslandi.
Hisob-kitoblarning natijalariga ko‘ra, 2015-2020-yillarda tahlil qilingan 35 ta tovarlar guruhidan 16 mahsulot guruhida O‘zbekiston sezilarli qiyosiy afzalliklarga ega ekan. Ushbu mahsulotlar guruhi 2019-yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari eksportining qariyb 40 foizini tashkil etdi.
PMTI mutaxassislari meva va sabzavot eksporti uchun Lafey indeksi (LFI) asosida ham hisoblar o‘tkazdi, chunki RCA importni hisobga olmagan holda, faqat eksportni hisobga oladi, bu esa noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin.
Lafey indeksining (LFI) o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu alohida tovar guruhlarining mamlakatning me’yoriy savdo balansiga qo‘shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.
Hisob-kitoblar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2015-2020-yillarga mo‘ljallangan ma’lumotlaridan foydalanildi.
Unga ko‘ra, 2015-2020-yillarda tahlil qilingan 35 tovar guruhidan 24 tasida O‘zbekiston qiyosiy ustunlikka ega. Biroq, 10 ta tovar guruhida tashqi bozorga eksport qilishda qiyosiy afzalliklarga ega emas edi.
Shu tariqa ikkala indeksning hisob-kitoblari natijasida olingan RCA va LFI indekslarining o‘rtacha qiymatlarini taqqoslab, quyidagi meva va sabzavot guruhlari aniqlandi:
2015-2020-yillarda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari uchun RCA va LFI ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari
|
TIF TN kodi bo‘yicha meva-sabzovot mahsulotlari |
2015-2020-yy. o‘rtacha ko‘rsatkichlar |
|
RCA |
LFI |
||
1. |
0809 O‘rik, olcha va gilos, shaftoli (olma, shu jumladan), olxo‘ri va tern, ho‘l |
42,7 |
0,7283 |
2. |
0806 Uzum, ho‘l yoki quritilgan |
35,6 |
0,9881 |
3. |
0813 Quritilgan mevalar, tovar mevalaridan tashqari 0801 - 0806 guruhdagi yong‘oq yoki quritilgan mevalar aralashmalari |
31,9 |
0,2206 |
4. |
0711 Qisqa muddatli saqlash uchun konservalangan sabzavotlar (masalan, oltingugurt dioksid bilan, sho‘r suvda, oltingugurt suvida yoki boshqa vaqtinchalik saqlovchi eritmada), lekin bu shaklda bevosita iste’mol uchun yaroqsiz |
21,4 |
0,0394 |
5. |
0713 Dukkakli sabzavotlar, quritilgan, tozalangan, ezilgan yoki ezilmagan |
20,9 |
0,5916 |
6. |
0706 Sabzi, sholg‘om, lavlagi, kozloborodnik, ildizli selderey, turp va boshqa shunga o‘xshash iste’mol qilishga yaroqli ildiz sabzavotlar, ho‘l yoki sovitilgan |
13,7 |
0,0718 |
7. |
0702 Pomidor, ho‘l yoki sovitilgan |
10,4 |
0,2625 |
8. |
0704 Karam, gulkaram, bargli karam va Brassica turidagi shunga o‘xshash yeyiladigan sabzavotlar, ho‘l yoki sovitilgan |
9,5 |
0,0817 |
9. |
0707 Bodring va kornishon, ho‘l yoki sovitilgan |
7,3 |
0,0488 |
10. |
0703 Piyoz, shalot piyozi, sarimsoq, ko‘k piyoz va boshqa piyozli sabzavotlar, ho‘l yoki sovitilgan |
6,4 |
0,1144 |
11. |
0709 Boshqa sabzavotlar, ho‘l yoki sovitilgan |
6,1 |
0,2253 |
12. |
0810 Boshqa mevalar, ho‘l |
5,3 |
0,2179 |
13. |
0802 Boshqa yong‘oqlar, ho‘l yoki quritilgan, tozalangan yoki tozalanmagan, po‘stloq yoki po‘stloqsiz |
3 |
0,1572 |
14. |
0712 Sabzavotlar quritilgan, butun, bo‘laq, tilimlar, ezilgan yoki kukun shaklida, lekin chuqur qayta ishlanmagan |
2,7 |
0,036 |
15. |
0807 Qovun va papayya, ho‘l |
2,5 |
0,0254 |
16. |
0808 Olma, nok va behi, ho‘l |
1,7 |
0,0384 |
17. |
2009 Meva (jumladan, uzum to‘ppasi) va sabzavot sharbatlari, achimagan va spirt qo‘shilmagan, shakar yoki boshqa shirin moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan holda |
1,6 |
0,0617 |
18. |
2001 Sabzavot, meva, yong‘oq va o‘simlikning iste’mol qilinadigan boshqa qismlari, sirka yoki sirka kislotasi qo‘shib tayyorlangan yoki konservalangan |
1,5 |
0,0079 |
19. |
0705 Salat-latuk (Lactuca sativa) i sikoriy (Cichorium spp.), ho‘l va sovitilgan |
1,2 |
0,009 |
Qayd etish kerakki, RCA — bu aniqlangan nisbiy afzalliklarning ko‘rsatkichi bo‘lib, agar RCA indeksi 1dan katta bo‘lsa, unda mamlakat X mahsulotni ishlab chiqarishda raqobatbardosh ustunlikka ega deb hisoblanadi. Indeks qancha ko‘p bo‘lsa, raqobatbardosh ustunlik shuncha o‘sib boradi. RCA indeksi qancha past bo‘lsa, mahsulot shunchalik raqobatbardosh emas. Masalan, yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng katta raqobatbardosh ustunlikka ega mahsulot pomidor (10.4) hisoblangan. O‘zbekistonning pomidor eksporti qiymatining umumiy eksportga nisbati butun dunyodagi barcha mamlakatlar uchun bir xil nisbatdan oshib ketganligi sababli, O‘zbekiston pomidor ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega deb aytish mumkin.
LFI — bu sof savdo oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib taqqoslanadigan afzalliklarni hisoblash uchun savdo indeksi bo‘lib, agar X mahsuloti bo‘yicha LFI indeksi 0 dan yuqori ko‘rsatkichlarni qabul qilsa, mahsulot jahon bozorida mos ravishda raqobatbardosh hisoblanadi. Salbiy ko‘rsatkich uning noaniqligini bildiradi. Masalan, LFI indeksida Salat-latuk 0,009, Pomidor esa 0,2625 ga teng. Demak, pomidorlar salatga nisbatan ancha raqobatbardosh.
O‘zbekiston tashqi bozorda nisbatan qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan 19 tovar guruhiga quyidagilar kiradi: o‘rik, olcha va gilos, shaftoli, olxo‘ri, uzum, quritilgan mevalar, konservalangan sabzavotlar, quritilgan sabzavotlar va dukkaklilar, sabzi, pomidor va boshqalar.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining aksariyati jahon bozorida yuqori raqobatbardosh. Keyingi bosqichda meva-sabzavot raqobatbardoshligini va qayta ishlash darajasini oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Dastur doirasida jahon bozoridagi talab (nav va sifat jihatidan) va O‘zbekiston mavjud tarmoq salohiyatini hisobga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarining ayrim turlariga e’tibor qaratish zarur.
PMTI, o‘z navbatida, ushbu tadqiqotni 10 raqamli TIFTN kodi asosida chuqurroq tahlil qilishda davom etadi.
Sizning so‘rovingiz asosida PMTI meva va sabzavot mahsulotlarining qiyosiy afzalliklari bo‘yicha to‘liq tahlilni taqdim etishi mumkin.
Loyiha rahbari Darya Ilina
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter