Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plastmassada inson uchun xavfli bo‘lgan 4 mingdan oshiq modda topildi

Plastmassada inson uchun xavfli bo‘lgan 4 mingdan oshiq modda topildi

Olimlar plastmassada mavjud bo‘lgan 16 ming kimyoviy moddalarni aniqladilar. Ularning 4000 dan ortig‘i inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli bo‘lib chiqdi.

Tadqiqot bir yil davom etdi. Xalqaro ekspertlar guruhi plastik tarkibida ilgari taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq kimyoviy moddalar bor degan xulosaga keldi. Ulardan 4200 tasi (26 foizi) «doimiy, harakatchan yoki toksik» tabiati tufayli tashvishga solmoqda. Ushbu ro‘yxatda tez-tez ishlatiladigan xom ashyo, stabilizator va rang beruvchi moddalar mavjud.

Hisobotda aniqlangan 400 dan ortiq kimyoviy moddalar oziq-ovqat qadoqlari kabi mashhur plastik mahsulotlarda topilgan. Sinovdan o‘tgan barcha plastmassalar atrof-muhitga xavfli kimyoviy moddalar chiqardi.

Oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, plastmassa tarkibidagi ba’zi moddalar, masalan, ftalatlar reproduktiv tizimga zarar yetkazishi va bolalarda astma xavfini oshirishi mumkin. Perfloroalkil va poliftoralkil moddalar saraton va immunitet tizimining buzilishi xavfini oshiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, organik ifloslantiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Stokgolm konvensiyasi kabi global shartnomalar plastmassalardan faqat minglab kimyoviy moddalarni tartibga soladi. Qolganlari hech qanday tarzda tartibga solinmaydi.

Tadqiqot mualliflari plastik kimyoviy moddalarni tartibga solishga yondashuvni o‘zgartirishga chaqirishdi. Shaffoflikni oshirish va potensial xavf tug‘diradigan kimyoviy moddalarni yanada yaqinroq kuzatib borish kerak, deya xabar beradi The Independent.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring