Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar xonani shamollatish befoyda demoqda

Olimlar xonani shamollatish befoyda demoqda

Foto: «Zen.yandex.ru»

Toronto universiteti (Kanada) tadqiqotchilari xonani shamollatish havoni tozalashning samarali usuli emas, degan xulosaga kelishdi.

Bu borada ular talay tajribalar o‘tkazishdi. Bir nechta ko‘ngilli xonadonlarda maishiy ishlar bilan shug‘ullanishdi. Keyin uylarda eng ko‘p tarqalgan 19 ta kimyoviy moddani tekshirishdi. Xonadagi derazalarni ochgach zararli moddalarni yana bir bor o‘rganishdi.

Qizig‘i, xavfli moddalar konsentratsiyasi birinchi tekshiruvdan so‘ng qayd etilgan ko‘rsatkichga juda tez qaytgan. Buning uchun 55 daqiqa kifoya qilgan.

Ekspertlar fikricha, xonani shamollatganda mikrozarrali changlar derazadan tashqariga uchib ketmay, shunchaki devor va mebellarga o‘rnashib qoladi, keyin esa yana havoga ko‘tariladi. Tadqiqot haqidagi hisobot «Science Advances»da chop etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring