Pastdarg‘om tumanida hokim o‘zgardi
Samarqand viloyati xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
2017-yil fevral oyidan buyon Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sobirjon Ergashev o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Toyloq tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Bahodir Sa’dullayev Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
B.Sa’dullayev 2017-yil avgust oyida Toyloq tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter