Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent ziyoratgohida shirk amallar bo‘lmoqda, ziyoratchilar har bir zinaga sajda qilib chiqyapti (video)

Parkent ziyoratgohida shirk amallar bo‘lmoqda, ziyoratchilar har bir zinaga sajda qilib chiqyapti (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

«Azon.uz» saytida «Vaqf» xayriya jamoat fondi xodimi Shermurod Tog‘ay Samarqandiy tomonidan tasvirga olingan video namoyish etildi. Xabarda aytilishicha, ushbu video Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi Zarkent ziyoratgohida olingan.

Videolavhada ziyoratgohdagi qabr atrofida ayollar va bolalar aylanayotganini ko‘rish mumkin. Xususan, ziyoratchilar qabr atrofidagi har bir ustunni o‘pib, tavof qilgan.

Shu bilan birga ziyoratgohga chiqishda har bir zinaga sajda qilib chiqayotgan ayollar va bolalar namoyish qilingan. Shermurod Tog‘ay Samarqandiy tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu ziyoratgohga diniy ilmga ega bo‘lmagan odamlar joylashib olgan va ular shirk hamda kufr ishlar ortidan pul ishlamoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat boshqa ziyoratgohlarda ham uchraydi. Bunday joyga kelgan diniy ilmli kishilar esa mahalliy «shayx»lar tomonidan ta’qib ostiga olinadi. «Misol uchun yaqinda bir ziyoratgohga tayinlangan qorini «Qur’on o‘qib berasiz», deb aldab, bir uyga olib kirishibdi. Dasturxonga turli spirtli ichimliklar qo‘yilgan va ...ayollar ham o‘tirgan ekan. Qori xonaga qadam qo‘ymasdan ziyoratgoh «shayx»laridan biri orqasidan kirib, «hali siz bu yerda maishat qilayotgan ekansiz-da» deb baqirib ketibdi», — deya yozgan Shermurod Tog‘ay.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring