Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya sabab Aydarko‘lda hayvonot va o‘simlik olami yaxshilandi

Pandemiya sabab Aydarko‘lda hayvonot va o‘simlik olami yaxshilandi

Foto: meros.uz

1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi va u bir yil o‘tib, xalqaro hujjat sifatida kuchga kirdi.

Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan mazkur Konvensiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Shu munosabat bilan har yili 22-may — Xalqaro biologik xilmaxillik kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 15 ming 700 ga yaqin hayvon, 4 ming 500 ta oliy navli o‘simlik turi uchraydi. Shundan Navoiy viloyati hududidagi To‘dako‘l va Aydarko‘l suv havzalari joylashgan hududlarda ham fitoplankton, zooplankton, dafna, klorotka kabi suv osti o‘tlariga hamda Moyina Bentos qatlami mikroorganizmlariga boy. Shuningdek, o‘simlik dunyosidan qamish, yulg‘un, saksovul va boshqa turdagi yovvoyi turdagi o‘simliklar o‘sayotganligi kuzatiladi.

To‘dako‘l va Aydarko‘l suv havzalari atrofida o‘rdaklarning barcha turlari, yovvoyi g‘ozlarning uchta turi, kaklik, qirg‘ovul, ikki turdagi baklan, qorabaur, tulki, quyon, barsuq, yovvoyi cho‘chqa boshqa turdagi jami 100 dan ziyod yovvoyi qushlar va hayvonlar yashayotganligi kuzatildi. Ushbu ko‘lda asosan oq amur, zog‘ora, ilonbaliq, ikki turdagi do‘ng peshona, laqqa, oqcha, tobon, vobla hamda oqsla kabi turdagi baliqlar mavjud.

Navoiy viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi Zubayda Dushanovaning ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatimizda joriy qilingan karantin davrida antropogen omillar ta’sirining kamiyishi sababli, Navoiy viloyati hududida tabiiy suv havzalari suvi insoniyat tomonidan ifloslanishi kamayishi kuzatilgan. Natijasida o‘simlik va hayvonot olamining yaxshilanishiga, jumladan tabiiy suv havzalarida, suv ostida o‘sadigan yigirmadan ortiq turdagi o‘tlar – «Xara», «xlomidomonada», «ulotriks», «spirogira», «kladofora», baliq turlaridan «Zog‘ora», «Oq amur», «Do‘ng peshona», «Laqqa», «Sudak», «Vobla» kabi baliq chovoqlari turi ko‘payishi kuzatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring