Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doniyor Ro‘zmetov

O‘qiganim va bilganim sari o‘qimaganim va bilmaganim qanchalar ko‘p ekanligini tushunib xijolat tortamen!

O‘ziga xos rekord: 2017 yil aviatsiya sohasidagi eng xavfsiz yil bo‘ldi

O‘ziga xos rekord: 2017 yil aviatsiya sohasidagi eng xavfsiz yil bo‘ldi

Foto: «avia-simply.ru»

Rasman aviatsiya transporti dunyodagi eng xavfsiz transport turi hisoblanadi, 2017 yil esa fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng xavfsiz yil bo‘ldi. Bu haqda aviatsiya halokatlarini hisoblab boradigan «Aviatsiya xavfsizlik tarmog‘i» (Aviation Safety Network) sayti xabar tarqatdi.

Saytning ma’lum qilishicha, fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida 2017 yili jami 10 ta avariya yuz bergan va jami 44 nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan. Taqqoslash uchun: 2016 yili jami 16 ta avariya yuz bergan va jami 303 nafar insonni hayotdan olib ketgandi.

«Aviatsiya xavfsizlik tarmog‘i»ning aniqlik kiritishicha, statistikaga faqat insonlarni tashiydigan tijorat samolyotlari hamda 14 kishi va undan ortiq insonlarni tashishga mo‘ljallangan yuk tashuvchi samolyotlargina kiritilgan. Shu sababdan bu ro‘yxatga 7 iyunda yuz bergan va 122 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Birmadagi harbiy samolyotning halokati kiritilmagan. 

Agar fuqaro aviatsiyasi va harbiy aviatsiya sohalaridagi jami halokatlar qo‘shib hisoblansa, halokatlarning umumiy soni 24 taga va hayotdan ko‘z yumganlarning soni 230 nafarga teng bo‘larkan. Shunga qaramasdan, 2017 yil aviatsiya tarixidagi eng xavfsiz yil bo‘lib qolaveradi.

Foto: «Aviation Safety Network»

«Aviatsiya xavfsizlik tarmog‘i»ning ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yili jami 36,8 millionta parvoz amalga oshirilgan va halokatlarning oqibatida o‘rtacha har 7,360 ta parvozga bitta o‘lim holati to‘g‘ri kelgan.

Kirib kelgan 2018 yil va navbatdagi yillarda mazkur rekord ijobiy tomonga yangilanib, halokat va jabrdiydalar soni yanada kamayib borishiga umid bildiramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring