O‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi

Toshkent viloyati Zangiota tumani Sortepa MFY hududida «Neksiya» haydovchisi tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketilgani holati videokameralarga muhrlanib qoldi.
Huquqbuzarlikni Namangan viloyati Namangan shahri Ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Z. sodir etgani Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91¹-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 660 000 so‘m jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, uning o‘zi tashlagan chiqindini tozalab olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter