«O‘zgidromet» qattiq sovuq kirib kelishi haqida axborot tarqatdi
Joriy yilning 9-14-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va cho‘l hududlarida, 11-dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter