Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ushbu haftadagi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

«O‘zgidromet»  ushbu haftadagi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

Foto: Xabar.uz

Yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi. 

Bugun yuqori siklon ta’siri hisobiga markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi.

Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28° ni tashkil etadi, bu ushbu kun iqlimiy me’yoridan 4-6° ga pastdir.

21-22-iyunda siklon ta’siri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

20-22-iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34-39° ni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring