Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yigit Rossiyada ko‘rsatgan jasorati uchun taqdirlandi

O‘zbekistonlik yigit Rossiyada ko‘rsatgan jasorati uchun taqdirlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2019-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev yo‘l-transport hodisasida jarohatlanganlarga yordam berishda mardonavor harakati uchun O‘zbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga tashakkurnoma topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

2019-yilning 17-avgust kuni Perm shahrida shahar avtobusi YTHga uchrab binoga urildi. Natijada bir odam hodisa joyida vafot etdi, 32 dan ortiq shaxslar jarohat oldi. Mashg‘ulotga ketayotgan hamyurtimiz to‘xtadi va mardonavor yordam berishni boshladi. U qiyshayib ketgan orqa eshiklarni buzib avtubusdan odamlarni olib chiqishni boshladi hamda o‘tib ketayotgan mashinalar haydovchilaridan jarohatlanganlarni kasalxonaga eltishni so‘radi. U «tez yordam» kelganidan so‘ng ham shifokorlarga yordam berishda davom etdi.

Danil Yuldashev Toshkentdan Permga ko‘chib borgan. U yerda o‘rta ta’limni olgan va hozirda ishlamoqda. Boks bilan shug‘ullanadi. Uning qarindoshlari O‘zbekistonda yashaydi.

Bosh konsulxonada O‘zbekiston fuqarosiga madonavor harakati va insonparvarligi uchun tashakkurnoma topshirish marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov hamda oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Murodullo Xolmuhamedov ishtirok etdi va tashakkurnomaga imzo chekdi.

Avvalroq Danil Yuldashev insonlarni qutqarishda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyligi uchun Perm o‘lkasi gubernatori Maksim Reshetnikovdan minnatdorlik xati oldi. Hamyurtimizning YTHdagi jasorati Rossiya OAVlarida keng yoritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring