Permdagi hujumni uyushtirgan o‘smir otishmaga qanday tayyorlanganini aytdi
Rossiyadagi Perm universitetiga miltiq bilan hujum qilgan 18 yoshli o‘smir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bunga uzoq tayyorlanganini yozdi.
"Bu sodir bo‘lgan voqea terrorchilik hujumi emas (hech bo‘lmaganda yuridik nuqtai nazardan). Men hech qanday ekstremistik tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tmaganman. Hech kimni aldash niyatim yo‘q, bularning barchasini o‘zim rejalashtirdim.
Tergov qo‘mitasiga oson bo‘lishi uchun men bularni yozmoqdaman. Hozir sizlarga barchasi qanday boshlangani haqida aytib beraman.
Bu haqda ancha oldindan reja tuzgandim. 10-sinfdalik paytimdan qurol sotib olish uchun pul yig‘a boshladim. O‘qotar qurol yoki V1 haydovchilik guvohnomasi olishni maqsad qilgandim. Ikki maqsadimdan tashqari yana portlovchi qurilma yasashni ham rejamga kiritgan edim. Merganlik qobiliyatim yomon emasligini ikki yillar oldin sinfdoshlarim bilan otish mashqlarida qatnashganimizdayoq sezganman.
Xullas, qurol sotib olish uchun shu yilning mart oyida yetarli mablag‘ to‘plandi. 18 ga to‘lgan kunim esa tezroq qurol uchun ruxsatnoma olishga kirishdim. Psixologik testlardan o‘tib, qurol uchun ruxsatnomaga ega bo‘ldim", deb yozgan Temur Bekmansurov VKontakte sahifasida.
Rossiya tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirgacha otishma oqibatida o‘lganlar soni sakkiz kishi va yaralanganlar soni 24 kishiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter