Perm universitetida qirg‘in uyushtirgan shaxs umrbod qamaldi
Rossiyaning Perm universitetida qirg‘in uyushtirgan Temur Bekmansurov bir umrga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
O‘sha mash’um voqeani amalga oshirgan paytida 18 yoshli Temur Bekmansurov endigina Perm universitetining huquqshunoslik fakulteti birinchi bosqichiga talabalikka qabul qilingan edi.
U 2021-yilning 20-sentyabri tongida Perm davlat milliy tadqiqotlar universiteti hududiga miltiq bilan kirib keladi va odamlarni otishni boshlaydi.
Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ziyod odamlar jarohatlangan.
Bekmansurov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarga iqror bo‘lgan, biroq suddan o‘ziga eng yuqori jazo tayinlamaslikni so‘ragandi (tergovda hamkorlik qilgani va nogironligi uchun — qo‘lga olish chog‘ida oyog‘idan yaralangan, keyinchalik o‘sha oyog‘i amputatsiya qilingan).
Bekmansurov ishi bo‘yicha 59 kishi jabrlangan deb topildi. Ular sudga kiritgan da’voda 18 mln rubldan ortiq mablag‘ undirib berilishi talab qilingan.
So‘nggi so‘zni olgan Bekmansurov qilmishidan pushaymonligini bildirib, yetkazgan zararini nogironlik nafaqasi va qamoqda ishga joylashganidan so‘ng oladigan maoshidan qoplamoqchi ekanini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter