O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni aytildi
2018-yil yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 45,1 ming kishini (44,5 ming kishi respublika hududlaridan, 0,6 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 47,3 ming kishini (44,5 ming kishi respublika hududlariga, 2,8 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 2,2 ming kishi bo‘lib, 2017-yilning mos davrida minus 4,4 ming kishi bo‘lgan. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent (minus 1,1 ming kishi), Buxoro (minus 0,8 ming kishi) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 0,7 ming kishi) qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter