O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga qatnaydigan ayrim yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:
- №5/6 Toshkent – Moskva
- №149/150 Andijon – Moskva
- №315/316 Toshkent – Qozon
- №369/370 Toshkent – Novosibirsk
- №381/382 Toshkent – Ufa
- №365/366 Toshkent – Chelyabinsk
- №321/322 Olmaota – Nukus
- №2/1 Olmaota – Toshkent
Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter