Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bir jamg‘arma tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda davlatimiz rahbari sohadagi muammolarni ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib ushbu hudud uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirishi zarurligini ta’kidladi.

Misol uchun, Andijon, Paxtabod va Marhamat tumanlarida 30 dan ziyod pavlovniya yetishtiruvchi xo‘jaliklar tashkil etilgan va hozirda ular 5 million dona ko‘chatlar ekishga tayyor.

Bunday xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamda aholini sifatli ko‘chatlar bilan ta’minlash maqsadida har bir hududda «Yashil zamin» jamg‘armalari tashkil etiladi.

Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida «Yashil zamin» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 5 million tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring