O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Boybo‘ta Do‘stqorayev vafot etdi

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, respublikamizdagi ko‘plab jurnalistlarning ustozi Boybo‘ta Do‘stqorayev olamdan o‘tdi.
Boybo‘ta Do‘stqorayev 1942-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Oqto‘nli qishlog‘ida tug‘ilgan.
ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlab, qariyb yarim asrlik umrini ustoz sifatida shu sohada jurnalist kadrlar tayyorlashga hamda milliy matbuot tarixini izchil o‘rganishga bag‘ishladi.
Milliy matbuot tarixi va uning yetuk namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat, Hoji Muin, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev, Saidrizo Alizoda singari ma’rifatparvar milliy ziyolilarning jurnalistik faoliyati haqida yozgan maqolalari bilan ilmiy jamoatchilikka tanildi.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter