Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statistika. O‘zbekiston iste’molchilari qaysi sohalardan qattiq norozi?

Statistika. O‘zbekiston iste’molchilari qaysi sohalardan qattiq norozi?

Foto:«7News.uz»

Ma’lumotlarga ko‘ra birgina 2019-yilning birinchi yarim yilligi davomida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar soni jami 6014 ta bo‘lib, ushbu murojaatlarning 3 103 tasi og‘zaki, 2 221 tasi yozma, 690 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 2165 tasi (36,0%) savdo sohasiga, 732 tasi (12,2%) gaz ta’minoti sohasiga, 918 tasi (15,3%) elektr ta’minoti sohasiga, 353 tasi (5,9%) suv ta’minoti sohasiga nisbatan bo‘lgan.

Shuningdek, murojaatlarning 240 tasi (4,0%) kommunal xizmat sohasiga, 103 tasi (1,7%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 400 tasi (6,7%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 167 tasi (2,8%) transport sohasiga, 208 tasi (3,5%) aloqa (va internet) sohasiga, 728 tasi (12,1%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelmoqda. Yil boshidan kelib tushgan arizalarning 5 579 tasi ya’ni, 92,8 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 6 947 247 006 (olti milliard to‘qqiz yuz qirq yetti million ikki yuz qirq yetti ming olti) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 376 580 006 (uch milliard uch yuz yetmish olti million besh yuz sakson ming olti) so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishilganini ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring