O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasiga rais tayinlandi
Davron Nosirovich Samatov Xukumat qaroriga muvofiq O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi Prezidentning 2017-yil 15-noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib uning asosiy vazifasi Respublikamiz hududida zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlash va rivojlantirish hisoblanadi.
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2020-yilgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovidan ozod qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter