O‘zbekiston tinchlik reytingida 100-o‘rinni oldi
O‘zbekiston Ijobiy tinchlik reytingida 36 pog‘ona ko‘tarilib, 163 ta davlat orasida 100-o‘rinni olgan.
Ushbu reyting sog‘lom o‘rta biznes, ta’sirchan hukumat, korrupsiyaning past darajasi kabi 8 ta yo‘nalishlar orqali tuziladi.
«Mamlakat ijtimoiy o‘sishining katta qismi 2016 yildan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Taxminan shu paytdan boshlab O‘zbekistonda chuqur ma’muriy islohotlar o‘tkazilgan, postsovet tamoyillari qoldiqlariga barham berilgan», deyiladi hisobotda.
Reytingni tuzishda valyuta kursini liberalizatsiya qilish, soliq tizimidagi o‘zgarishlar va boshqa islohotlar inobatga olingan.
Reytingda Rossiya 71, Ukraina 73, Qozog‘iston 75, Qirg‘iziston 98, Turkmaniston 140 va Tojikiston 143-o‘rinlarni olgan.
Eng kuchli uchlik Shvetsiya, Daniya va Finlyandiyaga, eng yomoni esa Yaman, Janubiy Sudan va Somaliga tegishli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter