Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi ogohlantirildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi ogohlantirildi

Foto: Xabar.uz

Prezident raisligidagi yig‘ilishda temir yo‘l va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Toshkent – Samarqand» va «Toshkent – Andijon» yo‘nalishlarida avtomobilda yo‘lovchi tashish vaqti o‘rtacha 1-1,5 soatga ko‘paygan. Lekin, temir yo‘l va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emas. Shu bois tegishli mutasaddilarga:

- vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;

- viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish;

- kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;

- viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

- shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda yangi o‘quv dasturlari asosida o‘qitishni boshlash;

- «Ipak yo‘li» turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o‘qitish topshirildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi H.Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring