O‘zbekiston fuqarolarining «allergik pasporti» ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 11 may kuni «Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda xalqaro tajribani hisobga olgan holda Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda allergen o‘simliklar changi to‘planishini kuzatishni va muayyan hududda allergiya patologiyasi bilan kasallangan bemorlarni xabardor qilishni nazarda tutadigan aerobiologik monitoring tizimini yaratishi kerak.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda allergik kasalliklar tashxisini ultrazamonaviy biologik mikrochiplarni qo‘llagan holda tashkil etish, shuningdek, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi aholisining «allergik pasporti» ishlab chiqiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda yetakchi xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda allergologiya va immunologiya sohasida ilmiy-tashxis, ta’lim va ishlab chiqarish innovatsiyalarini rivojlantirish maqsadida laboratoriya va ilmiy amaliyotning xalqaro standartlariga (GLP, GSP) javob beruvchi Xalqaro molekulyar allergologiya va immunologiya markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter