Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis yana bir koronavirus tashuvchisidan ogohlantirdi

Mutaxassis yana bir koronavirus tashuvchisidan ogohlantirdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Kunlar isiy boshlagach shahar va qishloqlarda terak momig‘i paydo bo‘ladi. U koronavirusning yangi tashuvchisiga aylanishi va kasallik tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda immunolog-allergolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nadejda Logina ma’lum qildi.

Mutaxassis gullagan terakni kasallik yuqish xavfini oshiruvchi kuchli omil ekanligini aytdi. Bordi-yu, iyunning o‘rtalarida epidemiya to‘xtamasa, «yanada og‘irroq vaziyat» yuzaga kelishi mumkin. Ikkinchidan, aholi orasida nafas a’zolari allergik kasalliklari zo‘raya boshlaydi va allergiklar xavfli guruhga kirib qolishadi. Logina bu sayyoramizning qariyb 20 foiz aholisiga taalluqli ekanligini ta’kidladi.

Gullash mavsumi boshlanganda allergiyaga moyil kishilarning shilliq qavat himoya reaksiyalari faollashadi. Bu kasallik yuqish xavfini oshiradi. Shu bois bunday odamlar ehtiyot choralariga alohida e’tibor berishlari zarur, deb izohlaydi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring